Ronaldu "Yuventus" rahbariyatidan MYU futbolchisini sotib olishni so'radi

18 noya 2019, 01:13
Pol Pogba sobiq jamoasiga qaytishi mumkin.

"Yuventus" hujumchisi Krishtianu Ronaldu "Manchester Yunayted" klubi yarim himoyachisi Pol Pogba bilan bir jamoada to'p surishni xohlamoqda. Bu haqida Tuttosport nashri xabar qildi. 34 yoshli hujumchi "Keksa sinora" rahbarlaridan fransiyalik futbolchi bilan shartnoma imzolashni so'ragan.

Eslatib o'tamiz, Pogba joriy mavsum 6 uchrashuvda maydonga tushdi va o'z hisobiga 2 ta golli uzatma yozdirib qo'ydi. Pogba hozir jarohatdan tiklanish jarayonida. Uning "Manchester Yunayted" bilan amaldagi shartnomasi 2021 yilning yozida yakunlanadi.

O'xshash yangiliklar


Manba: Tuttosport