Ronaldu YCHLdagi gollar soni bo'yicha yakunda Messidan ortda qolmaslik uchun MYUni tark etmoqchi (The Athletic)

Administrator
29 iyul 2022, 00:55
Futbolchi o'zining azaliy raqibidan ortda qolmoqchi emas.

The Athletic nashrining yozishicha, Krishtianu Ronaldu YCHLdagi gollari soni bo'yicha yakunda Lionel Messidan ortda qolmaslik uchun "Manchester Yunayted"ni tark etmoqchi. Aynan shu faktor Ronalduni ketishga undamoqda. 

Ronaldu keyingi mavsumda YCHLda o'ynamoqchi. YCHL guruh bosqichidagi gollar soni bo'yicha ham Ronaldu Messiga imkoniyat bermoqchi emas. Hozirda Ronaldu YCHL guruh bosqichida 76 ta gol kiritgan. Messi esa 73 ta. 

Qo'shimchasiga, Krishtianu YCHLda gol urish bo'yicha ham o'rtadagi farqni saqlab qolish niyatida. Hozirda Ronaldu YCHLda 140 ta gol urgan. Messi hisobida esa 125 ta gol mavjud. 

O'xshash yangiliklar


AdministratorMuallif
Manba: The Athletic