Ronaldu bir vaqtning o'zida ham murabbiy, ham futbolchi sifatida Yevropa chempioni bo'lgan birinchi inson FOTO

Narzulla Saydullayev
11 iyul 2016, 12:06
Evro-2016 finalida Portugaliya terma jamoasi Fransiyani mag'lub etdi.

Kecha portugaliyalik Krishtianu Ronaldu uchrashuv boshida jarohat olib maydonni tark etishga majbur bo'ldi. Bahs so'nggida Ronaldu terma jamoa zaxira o'rindig'idan turib sheriklarini ruhlantirib turdi va kerak bo'lsa ko'rsatmalar berib bordi. Shu bois rossiyalik hamkasblarimiz hazil qilib "Ronaldu bir vaqtning o'zida ham murabbiy, ham futbolchi sifatida Yevropa chempioni bo'lgan birinchi inson" deb aytishdi.

Demak, Portugaliya terma jamoasining "yangi" murabbiyi Krishtianu Ronalduning harakatlarini tomosha qiling.


O'xshash yangiliklar


Narzulla SaydullayevMuallif
Manba: championat.asia