

Shu maqsadda jamoaga jalb qilinishi kerak bo'lgan bir qator o'yinchilar klub tomonidan ko'rib chiqilmoqda.
"Roma" a'zosi Edoardo Bove ushbu variantlar orasida ekani ma'lum qilindi.
20 yoshli futbolchi ushbu mavsumda Joze Maurinyu qo'l ostida Italiya A Seriyasi va Yevropa Ligasida jami 10 ta o'yinda ko'rinish berdi. Ularning barchasida italiyalik futbolchi zaxiradan o'yinga qo'shildi.



