"Roma" 2 nafar futbolchini Yevropa Ligasi uchun ro'yxatdan o'tkaza olmadi

Sherzod Nurmatov
5 sen 2023, 14:54
Rimliklarda cheklov bor.

"Roma" Yevropa Ligasi guruh bosqichida hujumchi Syerdar Azmun va himoyachi Rasmus Kristensen o'ynay olmaydi. Bu haqda "Corriere dello Sport" xabar bermoqda.

Rimliklar moliyaviy feyr-pley qoidalari tufayli bu qadamni qo'yishga majbur bo'ldi. Alohida aytish joiz, "Roma" hujumchi Romelu Lukakuni musobaqa uchun ro'yxatdan o'tkaza olishdi.

"Roma" Yevropa Ligasidagi ilk uchrashuvini 21 sentyabr kuni safarda "Sherif"ga qarshi o'tkazadi.

O'xshash yangiliklar


Sherzod NurmatovMuallif
Manba: Corriere dello Sport