

"Manchester Yunayted" hujumchisi Angliya chempionatida fevral oyining eng yaxshi futbolchisi deb topildi. 25 yoshli futbolchi bu nomga ketma-ket ikkinchi marta va mavsumda uchinchi bor loyiq ko'rildi.
Markus bu orqali "Liverpul" yetakchisi Moxamed Salaxning APL bir mavsumida bu sovrinni qo'lga kiritish borasidagi rekordini takrorladi. Misrlik 2017/18-yilgi mavsumda 3 bor "Oyning eng yaxshisi" deb topilgan.
Fevral oyida Reshford chempionatning 4 ta o'yinida 5 ta gol urdi.



