Reshford mavsumda uchinchi marta APLda oy o'yinchisi bo'ldi va Salaxning rekordini takrorladi

Omonjon To`xtamirzayev
10 mar 2023, 16:41
Markus Reshford APLda "oyning eng yaxshi futbolchisi" deb topildi.

"Manchester Yunayted" hujumchisi Angliya chempionatida fevral oyining eng yaxshi futbolchisi deb topildi. 25 yoshli futbolchi bu nomga ketma-ket ikkinchi marta va mavsumda uchinchi bor loyiq ko'rildi. 

Markus bu orqali "Liverpul" yetakchisi Moxamed Salaxning APL bir mavsumida bu sovrinni qo'lga kiritish borasidagi rekordini takrorladi. Misrlik 2017/18-yilgi mavsumda 3 bor "Oyning eng yaxshisi" deb topilgan.

Fevral oyida Reshford chempionatning 4 ta o'yinida 5 ta gol urdi.

O'xshash yangiliklar


Omonjon To`xtamirzayevMuallif
Manba: championat.asia