"Real" TV Rodrigoning jarima maydonida yiqilishi haqida: "Translyatsiya kontakt paytida boshqa kadrga o'tib ketdi"

Aslanov Jasurbek
8 okt 2025, 16:21
"Real" klubi telekanali belgilanmagan penalti vaqtidagi translyatsiya muammosiga e'tibor qaratdi.

Madridliklar La Liganing 8-turida "Vilyarreal"ni 3:1 hisobida mag'lub etdi. O'yinning so'nggi daqiqalarida "Real" vingeri Rodrigo himoyachi Rafa Marin bilan kurash paytida raqibning jarima maydonida yiqildi. Hakam Gilermo Kuadra Fernandes bu epizodda qoida buzilgan deb hisoblamadi.


"Bu penalti epizodi - “sohta zona” misoli. Hakam vaziyatni o'zi baholadi va buni fol deb hisoblamagani uchun VAR aralashmadi.

Kontakt bo'lgan - Rafa Marin tuzoqqa tushdi.

Biz buni ko'rmadik, chunki translyatsiya kontakt paytida boshqa kadrga o'tib ketdi. Hammasi juda aniq edi", - deyildi "Real" klub telekanalida.


O'xshash yangiliklar


Aslanov JasurbekMuallif
Manba: As