"Real" tez orada o'z hujumchisi bilan yangi shartnoma tuzadi

Aslanov Jasurbek
20 avg 2017, 17:27
"Real" hujumchisi Karim Benzema avgust oxirigacha klub bilan shartnomasini yangilaydi.

Ma'lumotlarga ko'ra, "Qirollik klubi" va forvard o'rtasidagi bitim 2021 yilgacha mo'ljallangan bo'ladi.

29 yoshli Benzemaning "Real" bilan shartnomasi 2019 yilda yakuniga etadi. Shunday qilib, hujumchi o'z kelishuvini 2 yilga uzaytiradi.

Benzema 2009 yil "Lion"dan "Real"ga o'tgan edi. Forvard "qaymoqranglilar" safida 368 ta bahs o'tkazib, 182 ta gol urishga muvaffaq bo'ldi.

O'xshash yangiliklar


Aslanov JasurbekMuallif
Manba: Journal du Dimanche