"Real" qiziqayotgan darvozabon so'nggi daqiqalarda jamoaga g'alaba keltiruvchi golni urdi VIDEO

Mirjalol Normatov
11 mar 2018, 16:20
Xorvatiyaning "Xayduk" jamoasi posboni Karlo Letica mamlakat chempionatining 25-turi doirasida "Istra-1961"ga (3:2) qarshi o'yinda g'alaba keltiruvchi golni urdi.

21 yoshli darvozabon so'nggi daqiqalarda jamoaning standart vaziyatdan to'p kiritadigan vaqtida raqib jarima maydonchasi ichiga yetib bordi va boshi bilan hal qiluvchi zarbani berdi. Bu holat uchrashuvning 90+6-daqiqasida ro'y berdi.

Oldinroq "Real" rahbariyati ushbu darvozabonni Keylor Navasning o'rniga olib kelishi mumkinligi haqida ma'lumotlar tarqagandi.


O'xshash yangiliklar


Mirjalol NormatovMuallif
Manba: twitter.com