

Futbolchi uchun Madrid jamoasi 95 million evro to'lashga tayyor. Real Madriddan tashqari to'pchilar sardoriga Bavariya va PSJdan qiziqish bo'lmoqda. Biroq norvegiyalik futbolchi Arsenalni tark etish niyatida emasligini ma'lum qildi.
Ma'lumot uchun Edegor 2021 yilda Real Madriddan Arsenalga ko'chib o'tgan. Uning to'pchilar bilan amaldagi shartnomasi 2027 yilga qadar mo'ljallangan. Yarim himoyachi joriy mavsum barcha musobaqalarda 39 ta uchrashuvda maydonga tushdi. Uning hisobida 10 ta gol va 7 ta golli uzatma bor.




