

Superligaga qaytgan "temiryo'lchi"lar ikki karra UEFA chempionlar ligasi g'olibi bo'lgan "Real Madrid" sobiq futbolchisi Xesega 1 yillik shartnoma taklif qilishgandi. Muzokara davomida Xese faqatgina yarim yillik shartnomaga rozi bo'lishini ma'lum qilgan.
Tomonlar shartnoma muddati bo'yicha kelishuvga erisha olishmadi va shu sababli kelishuv amalga oshmadi.
Hujumchi ayni vaqtda La Liga 2 musobaqasida "Las Palmas" safida to'p surmoqda.




