"Real" futbolchisi jarohat oldi va ko'zda yosh bilan maydonni tark etdi

Mirjalol Normatov
14 yanv 2019, 21:27
"Real" himoyachisi Xesus Valexo mashg'ulotlarda jarohatlandi.

Futbolchi mashg'ulotlarda o'zini yomon his qilgan va og'riq kuchli ekanligidan ko'z yoshlarini tiyib tura olmagan.

22 yoshli futbolchi ushbu mavsumda to'rtinchi marta mushaklaridan jarohatlandi.

Yaqin vaqtlarda u tibbiy ko'rikdan o'tadi va bu boradagi aniq ma'lumotlar beriladi.

Valexo "Real" tarkibida bu mavsumda 7 o'yinda qatnashdi.

O'xshash yangiliklar


Mirjalol NormatovMuallif
Manba: Marca