"Real" Fransiya chempionati vakili uchun 80 mln. evro to'laydi

13 dek 2019, 02:14
"Lion" klubi yarim himoyachisi Ussem Auar faoliyatini Ispaniyada davom etirishi mumkin.

Don Balon nashri xabariga ko'ra, Madridning "Real" klubi 21 yoshli xavbekni sotib olish variantini ko'rib chiqmoqda. Ispan grandi yanvarda "Lion"ga 80 million evro miqdoridagi taklif yuborishga hozirlanmoqda.

Eslatib o'tamiz, Auar Fransiya chempionatining joriy mavsumida 14 uchrashuv o'tkazib, 2 golga mualliflik qildi.

O'xshash yangiliklar


Manba: Don Balon