JCH. Marokash Kanadani yirik hisobda mag'lub etib, chorak finalga yo'l oldi

5 iyul 2026, 00:05
Jahon chempionati-2026 1/8 final doirasidagi uchrashuv yakunlandi.

JCH, 1/8 final

Kanada - Marokash 0:3

Gollar: 50, 81 - Azzedin Ounaxi, 90+8 - Sufyan Raximi

Kanada: 16. Maksim Krepo, 2. Alister Jonston, 15. Moyze Bombito, 22. Richi Lari (14. Jeykob Shaffelburg, 79’), 4. Lyuk De Fujerol, 7. Stefen Eushtakiu, 23. Niko Sigur (21. Xonatan Osorio, 88’), 20. Ali Axmed (24. Promis Devid, 79’), 17. Teyjon Byukenen (26. Jeyden Nelson, 88’), 12. Tani Oluvaseyi (9. Kayl Larin, 63’), 10. Jonatan Devid.

Zaxira: 1. Deyn Sent-Kler, 18. Ouen Gudman, 3. Alfi Jons, 5. Joel Uoterman, 13. Derek Kornelius, 19. Alfonso Devis, 6. Matyo Shuaner, 25. Natan-Dilan Saliba, 11. Liam Millar.

Marokash: 1. Yassin Bunu, 2. Ashraf Xakimi, 14. Issa Diop (5. Marvane Sadane, 87’), 3. Nussayr Mazraui, 25. Reduan Xalxal, 24. Neyl El-Aynaui, 6. Ayyub Buaddi (4. Sofyan Amrabat, 63’), 8. Azzedin Ounaxi (15. Samir El-Murabet, 87’), 11. Ismael Saybari (9. Sufyan Raximi, 22’), 23. Bilal El-Xannus (7. Shemsdin Talbi, 63’), 10. Braim Dias.

Zaxira: 12. Munir, 22. Axmed Tagnauti, 26. Anass Salax-Eddin, 19. Yussef Belammari, 18. Shadi Riad, 13. Zakariya El-Uaxdi, 20. Ayyub El-Kaabi, 16. Jessim Yassin, 21. Ayub Amaymuni-Echguyab, 17. Moxamed Amin Sbai.

Ogohlantirishlar: 20 - Reduan Xalxal, 40 - Ashraf Xakimi, 40 - Richi Lari, 43 - Jonatan Devid, 45 - Azzedin Unai, 45+6 - Bilal El-Xannus, 49 - Lyuk De Fujerol, 67 - Kayl Larin

🕘 90+9. O'yin yakunlandi, Marokash - chorak finalning ilk ishtirokchisi!

gettyimages-2284655171-2048x2048.jpg

⚽️ 90+8. GOL! Raximi hisobni yiriklashtirdi! Qarshi hujum samarasini berdi - Sufyanning zarbasi aniq bo'ldi!

90+5. Shaffelburgning zarbasi rekoshetga uchrab, maydondan chiqib ketdi to'p.

90. O'yinning asosiy vaqtiga 8 daqiqa qo'shib berildi.

🔄 88. Har ikki terma jamoa ham ikkitadan o'zgarishni amalga oshirdi.

85. Unaining super uzatmasidan so'ng Raximi bosh bilan zarba berdi, to'p darvoza ustuniga tegib qaytdi!

84. Shaffelburgning zarbasidan so'ng to'p Bunuga kelib tushdi.

82. O'yin masalasi hal bo'ldi, ko'p ehtimol. Ammo Belgiya eplagani kabi, Kanada ham harakat qilib ko'radi.

gettyimages-2284073394-2048x2048.jpg

⚽️ 81. GOL! Ounaxidan dubl! Qarshi hujumga qochib ketdi afrikaliklar, to'p Braiyaga kelib tushdi va u markazga uzatdi, bu yerda Azeddin darvozaga zarba berib, gol urdi!

79. Teyjon Byukenenning zarbasini Bunu qaytarib yubordi.

78. Jonatan Devid chamasi 20 metrlardagi jarima zarbasidan to'pni darvozaga yo'lladi, ammo noaniq bo'ldi.

74. O'yin tempi yuqori emas, oxirgi marta xavfli vaziyat ko'rganimiz esda yo'q)

68. Futbolchilar tomoqlarini xo'llab olishlari uchun qisqa tanaffus e'lon qilindi.

67. Larin katta tezlikdan kelib Bunuga nisbatan qo'pol o'ynadi.

60. Bahsning bir soati ortda qoldi, kanadaliklar o'zlaridan kutilgan faollikni ko'rsata olishmayapti.

55. Braim katta tezlikda oldinga o'tib to'pni Rahimiga uzatdi, ammo Sufyanning qayta bergan pasi o'xshamadi.

51. Kanada garchand faol bo'lsa-da, birinchi gol o'tkazib yubordi. Endi nima bo'ladi maydonda?

gettyimages-2284649928-2048x2048.jpg

⚽️ 50. GOL! Azzedin Ounaxi hisobni ochdi! Ashrafning jarima zarbasidan bergan uzatmasini Unai darvozaga joylab qo'ydi!

48. Bo'lim faol boshlandi, ikki jamoa ham hujumga intilmoqda.

🕛 46. Ikkinchi bo'lim boshlandi.

🕘 45+6. Dastlabki bo'lim yakunlandi.

45. Birinchi bo'limga 6 daqiqa qo'shib berildi.

🟨 45. Birinchi bo'limning o'zida beshta sariq kartochka ko'rsatildi jami.

39. Ikki jamoa futbolchilari maydonda o'zaro tortishib ketishdi.

29. Zaxiradan o'yinga qo'shilgan Raximi darvoza tomon zarba berdi, to'pni darvozabon ushlab oldi.

24. Futbolchilar tomoqlarini xo'llab olishlari uchun qisqa tanaffus e'lon qilindi.

🔄 22. Ha, yaqindagina “Bavariya”ga o'tgan marokashlik forvard buyog'iga o'yinni davom ettira olmaydi, zaxiraga olindi.

🏥 21. Saybari jarohat olgan ko'rinadi, maydonda unga tibbiy yordam ko'rsatilmoqda.

15. Marokashliklar o'tgan vaqt mobaynida aytarli vaziyat yarata olishmadi, kanadaliklar esa juda faol.

10. Oluvaseyi to'pni ajoyib tarzda o'ziga to'g'rilab olib, darvozaga zarba berdi va yana Bunudan seyv!

5. Ilk daqiqalarni kanadaliklar faol boshlashdi. Devidning zarbasini Bunu qaytardi.

🕛 1. O'yin boshlandi!

Assalomu alaykum qadrli futbol ixlosmandlari! Sizlarni Jahon chempionati-2026 1/8 final doirasidagi Kanada - Marokash matnli translyatsiyasini kuzatib borishga taklif etamiz!

O'xshash yangiliklar


Manba: championat.asia