"Real" Benzemaga shartnoma uzaytirishni taklif qiladi va uning maoshini oshiradi

Aslanov Jasurbek
10 fev 2017, 11:41
"Real" rahbariyati va murabbiylar shtabi jamoa hujumchisi Karim Benzemaga ishonadi va joriy yilning iyun oyida unga yangi bitim taklif qilmoqchi.

Ma'lumotlarga ko'ra, "Qirollik klubi" fransiyalikka 2021 yoki 2022 yilgacha bo'lgan shartnoma taklif qilish niyatida.

Agar Benzema "Real" bilan kelishuvni imzolasa, bu uning ikkinchi shartnoma uzaytirishi bo'ladi. Birinchi marotaba u 2014 yilda ushbu ishni amalga oshirgan. Yangi bitimda Benzemaning maoshi oshiriladi. Benzemaning "Real" bilan hozirgi kelishuvi 2019 yilning yozigacha belgilangan.

O'xshash yangiliklar


Aslanov JasurbekMuallif
Manba: AS