Rasmiy xabar: "Manchester Yunayted" himoyachisi bilan shartnomani uzaytirdi

Mirjalol Normatov
16 mar 2018, 18:22
"Manchester Yunayted" himoyachisi Markos Roxo jamoasi bilan shartnomasini uzaytirdi.

Endi uning yangi shartnomasi 2021 yilning yozigacha amal qiladi.

Argentinalik futbolchi APL doirasida 11 mart kuni "Nyukasl"ga qarshi o'yinda jarohat olgandi. U bu mavsumda 7 uchrashuvda maydonga tushdi.

Roxo "Yunayted" tarkibiga 2014 yilda kelib qo'shilgan.

O'xshash yangiliklar


Mirjalol NormatovMuallif
Manba: twitter.com