

"Arsenal", "Liverpul", "Manchester Yunayted", "Manchester Siti" va "Tottenxem" rasmiy bayonotni ommaga ma'lum qildi.
Biroq yaqindagina "Brayton"ga qarshi o'yinni o'tkazgan "Chelsi" bir necha soatlar ichida bayonotni chop etishi kutilmoqda.
Bunga muxlislarning keskin noroziliklari sabab bo'lgan.
Ammo Ispaniya klublari hozircha ligadan chiqib ketishini ma'lum qilmagan.
"Sky Sports" ma'lumotiga ko'ra, Superliga g'oyasi vaqtincha to'xtatiladi va bu keyinchalik UEFA bilan birga kelishgan holda o'tkaziladi.



