Rasman: "Milan" A Seriyada porlayotgan hujumchini sotib oldi

Tolibjon Qosimov
24 yanv 2019, 03:04
Biroz avval "Milan"da ijara asosida o'ynayotgan Gonsalo Iguain "Chelsi"ga o'tgani haqida xabar bergan edik.

Rasman: Iguain "Chelsi" futbolchisi FOTO

Milanliklar tez fursatda uning o'rniga sotib olingan hujumchi transferini ham e'lon qilishdi.

Polshalik forvard Kshishtof Pentek rasman "Milan"ga o'tdi. "Rossonerlar" 23 yoshli futbolchi uchun "Jenoa"ga 35 mln evro to'lashdi. Shartnoma 2023 yilning yoziga qadar imzolandi.



Pentek joriy mavsum "Jenoa" tarkibida barcha musobaqalarda 21ta o'yin o'tkazdi va 19ta gol urdi. U oldinroq Polshaning "Krakoviya" klubida to'p tepgan.

Pentek shartnoma imzolash uchun Milan shahriga yetib kelgan payt.


Italiya chempionati turnir jadvali >>> A Seriya

O'xshash yangiliklar


Tolibjon QosimovMuallif
Manba: acmilan.com