Qozog'iston. 24-tur. Geynrix va Kapadzening gollari "Aktobe"ga g'alaba keltirdi

Narzulla Saydullayev
25 avg 2013, 22:20
Qozog'iston premer ligasida 24-tur o'yinlari yakunlandi.
"Irtish" safarda "Shaxtyor" mehmoni bo'ldi. YCHL guruh bosqichiga chiqishga yaqin turgan "Shaxtyor"ga qarshi o'yinda durang qayd etildi - 1:1. Ushbu o'yinda Ulug'bek Baqoev to'liq o'ynadi. Kamoliddin Murzoev esa jarohati tufayli maydonga tushmadi. 

"Irtish" 18 ochko bilan 5-o'rinda bormoqda.

SHAXTER - IRTISH - 1:1 (1:1)
Gollar
: Tarasov, 33 (1:0). Begalin, 37 (1:1).

"Jetisu" esa o'z uyida "Taraz"ga 0:2 hisobida yutqazib qo'ydi. O'yinda maydon egalari safida Ruslan Melziddinov to'liq o'ynadi. Shavkat Salomov esa maydonga tushgani yo'q. "Jetisu" ayni paytda 11 ochko bilan 11-o'rinda bormoqda.

JETISU - TARAZ - 0:2 (0:2)
Gollar
: Mexmedovich, 2 (0:1). Skorix, 15 (0:2).

Chempionlik uchun kurashayotgan "Aktobe" bugun o'z uyida "Qayrat"ni qabul qilib 2:0 hisobida zafar quchdi. Quvonarlisi har ikkala golni ham o'zbekistonlik futbolchilar urishdi. 21-daqiqada Aleksandr Geynrix hisobni ochgan bo'lsa, 77-daqiqada Temur Kapadze o'yinga nuqta qo'ydi - 2:0. Geynrix uchrashuvda 68 daqiqa harakat qilgan bo'lsa, Kapadze to'liq o'ynadi. "Aktobe" 27 ochko bilan yakka peshqadam bo'lib turibdi. Mavsum tugashiga esa 8 tur qoldi.

AKTOBE - QAYRAT - 2:0 (1:0)
Gollar:
Aleksandr Geynrix, 21 (1:0). Temur Kapadze, 77 (2:0).

Narzulla SaydullayevMuallif
Manba: championat.asia