"Qo'qon-1912": "Neftchi"ga qarshi tayyorgarlik boshlandi

Narzulla Saydullayev
28 mar 2017, 08:03
“Surxon” bilan uchrashuvdan keyin Qo'qonga qaytgan futbolchilarimiz darhol navbatdagi o'yinga tayyorgarlikni boshlab yuborishdi.

Viloyat derbisiga qarshi tayyorgarlik Qo'qonda bo'lib o'tmoqda.

Qo'qonlik futbol ishqibozlari uchun quvonchli xabar. Ma'lumki, bugun O'zbekiston milliy terma jamoasi JCH-2018 saralash doirasida Qatar terma jamoasini qabul qiladi. Mazkur bahs oldidan bosh jamoamiz safiga “Qo'qon-1912” vakili Aleksandr Merzlyakov ham taklif etildi.  Aleksandr bugun terma jamoamiz tarkibida maydonga tushishi mumkin.

O'zbekiston yoshlar terma jamoasi ixtiyorida bo'lib turgan Javohir Sidiqov va Andrey Sidirovlar ham klubimiz ixtiyoriga yetib kelishgani yo'q.

Qolgan futbolchilar “Neftchi”ga qarshi kechadigan bellashuvga puxta hozirlik ko'rishmoqda.


O'xshash yangiliklar


Narzulla SaydullayevMuallif
Manba: kokand1912.uz