

O'tgan yil birinchi ligadan oliy ligaga chiqqan klub chempionat tugashiga 1 tur qolganida 31 ochko bilan musobaqa jadvalining 12-pog'onasida bormoqda. "Qo'qon-1912" kecha o'z maydonida "So'g'diyona" klubini qabul qilib 1:3 hisobida yutqazib qo'ydi. Takidlash lozimki, qo'qonliklar ilk bor ushbu raqibga o'z maydonida yutqazib qo'yishdi.
30-turda "Qo'qon-1912" Toshkentda "Bunyodkor" mehmoni bo'ladi. Ushbu o'yinda jamoaga kim murabbiylik qilishi hozircha ma'lum emas.



