

Bugun ham jamoamiz olti nafar futbolchi bilan bitim imzoladi.
O'tgan mavsumni “Buxoro”da o'tkazgan Ruslan Meleziddinov, mavsum-2016da “Paxtakor” sharafini himoya qilgan Andrey Sidorovlar bilan kelishuvga erishildi. Ushbu futbolchilar yangi mavsumni jamoamizda o'tkazishadi.
Bundan tashqari, o'tgan yili ikkinchi davrada “Qo'qon-1912” klubi sharafini himoya qilgan Darko Gojkovich, Nikita Ribkin, Suhrob Berdiev bilan ham yangi shartnomalar imzolandi.



