Qiziq! "Barselona" hali ro'yxatdan o'tmagan futbolchini o'yin qaydnomasiga qo'shib qo'ydi

Aslanov Jasurbek
24 avg 2024, 16:10
"Barselona" "Atletik"ga qarshi bahs qaydnomasiga Dani Olmoni qo'shdi, ammo yulduzcha belgisi bilan.

"Leyptsig"dan xarid qilingan xavbek xaligacha Kataloniya klubi safida LaLiga uchun ro'yxatdan o'tkazilmagan. Shu sabab tufayli u "Valensiya"ga qarshi 1-tur bahsini (2:1) o'tkazib yuborgan edi.

"Atletik" bilan uchrashuv bugun o'tkaziladi.

"Barselona"ning qaydnomasidan joy olgan futbolchilar: Mark-Andre ter Stegen, Pau Kubarsi, Aleks Balde, Inigo Martines, Ferran Torres, Pedri, Robert Levandovski, Rafinya, Inyaki Penya, Pablo Torre, Fermin Lopes, Mark Kasado, Pau Viktor, Dani Olmo*, Lamin Yamal, Jyul Kunde, Erik Garsiya, Ander Astralaga, Mark Bernal, Ektor Fort, Jerar Martin, Serdji Dominges. 

"Barselona" Olmoni yulduzcha bilan belgilab, u ro'yxatdan o'tishni kutayotganini ma'lum qildi.

O'xshash yangiliklar


Aslanov JasurbekMuallif
Manba: Mundo Deportivo