PSJ futbolchilari kattagina mukofot pulini olishadi
Tolibjon Qosimov
19 may 2014, 15:36
Bu mavsumda Fransiya chempionatida maydonga tushgan 23 nafar futbolchining har biri chempionlik uchun kattagina mukofot pulini olishadi, deb xabar bermoqda "L’Equipe" nashri.
Futbolchilarga 710 ming evrodan beriladi. Shuncha pul bosh murabbiy Loran Blanga ham taqdim etiladi. Bu mavsumda PSJ ketma-ket ikkinchi bor Fransiyada tengsiz bo'ldi.