PSJ transfer oynasi yopilguniga qadar yana bir transferni rasmiylashtirishi mumkin

Sherzod Nurmatov
23 avg 2021, 22:04
PSJ "Renn" yarim himoyachisi Eduardo Kamavinga transferi bo'yicha muzokaralar olib bormoqda.

Manbaga ko'ra, Parij klubi 18 yoshli futbolchining transferi borasidagi aloqalarni kuchaytirgan.

Qiymati 55 million evroga baholanayotgan fransiyalik yarim himoyachining o'zi transfer oynasi yopilgunicha jamoasini o'zgartirmoqchi.

Kamavinga o'tgan mavsumda "Renn" tarkibida 39 o'yinda maydonga tushib, 1 ta gol urdi va 3 ta golga uzatma berdi. Uning klub bilan shartnomasi 2022 yilning iyunida yakuniga etadi.

O'xshash yangiliklar


Sherzod NurmatovMuallif
Manba: Le Parisien