PSJ Rabo o'rniga "Borussiya" futbolchisini sotib olmoqchi

Aslanov Jasurbek
21 dek 2018, 17:13
PSJ rahbariyati jamoa yarim himoya chizig'ini kuchaytirmoqchi.

Ma'lumotlarga ko'ra, Parij klubining yangi nishoni Dortmundning "Borussiya" klubi xavbeki Yulian Vaygl bo'ladi. Futbolchi Parij klubining hozirgi ustozi Tomas Tuxel bilan yaxshi tanish. Ular "arilar" safida birga ishlashgan. Parijliklar Vayglni qishki transfer oynasida ijaraga olib, yozda 20 mln. evroga xarid qilmoqchi.

Oldinroq, yozda PSJni yarim himoyachi Adrien Rabo tark etishi e'lon qilingan edi.

O'xshash yangiliklar


Aslanov JasurbekMuallif
Manba: Le Parisien