

PSJ klubining tijorat masalalari bo'yicha direktori Mark Armstrong klub liboslar sotuvi bo'yicha katta foyda ko'rayotganligini ma'lum qildi.
"Biz dunyoning istalgan klubidan ko'proq futbolkalar sotyapmiz", -deydi Armstrong.
Bundan bir qancha muddat ilgari sotilayotgan futbolkalarning 60% qismi Lionel Messining nomi tushirilgan liboslar ekani ma'lum bo'lgandi.
Messi kelganidan so'ng, klub 2020/21 yilgi mavsumdagi barcha sotuvlar bo'yicha raqamlarni yarim yilning o'zida yangilab bo'ldi.



