PSJ "Bavariya" futbolchisi uchun 100 million evro taklif qilishga tayyor

Iskandarov Abdulaziz
23 yanv 2026, 10:49
Myunxenning "Bavariya" klubi yarim himoyachisi Maykl Olise yozgi transfer oynasining asosiy maqsadlaridan biriga aylanishi mumkin.

Bu haqda jurnalist Ekrem Konur xabar berdi.

Manbaga ko'ra, PSJ 24 yoshli fransiyalik futbolchi uchun 100 million evro taklif qilishni rejalashtirmoqda. Biroq "Bavariya" Oliseni jamoada saqlab qolish niyatida va hozirda u bilan yangi shartnoma bo'yicha faol muzokaralar olib bormoqda.

Joriy mavsumda Maykl Olise yuqori darajadagi o'yini bilan ajralib turibdi: u 29 ta uchrashuvda 13 ta gol urdi va 21 ta golli uzatmani amalga oshirdi. Futbolchining amaldagi shartnomasi 2029 yilgacha mo'ljallangan bo'lib, "Transfermarkt" portaliga ko'ra, uning qiymati 130 million evroni tashkil etadi.

O'xshash yangiliklar


Iskandarov AbdulazizMuallif
Manba: Championat.asia