PSJ 145 mln. evrolik futbolchisini 270 mln. evroga sotishga tayyor

Aslanov Jasurbek
11 iyun 2018, 12:42
PSJ hujumchisi Kilian Mbappe mavsumlar oralig'ida klubni tark etishi mumkin.

Ma'lumotlarga ko'ra, fransiyalik futbolchi xizmatlariga "Manchester Yunayted" qiziqish bildirmoqda. PSJ rahbariyati Mbappe bilan xayrlashishiga tayyor, chunki ular shu yo'l bilan Neymarni jamoada saqlab qola olishadi. Parijliklar 270 mln. evrolik taklif bo'lsagina, uni ko'rib chiqishga tayyor. "Manchester Yunayted" futbolchining narxini  pasaytirmoqchi va ushbu kelishuvga hujumchi Antoni Marsyalni qo'shmoqchi.

Mbappe 2017 yilning yozida ijara asosida "Monako"dan PSJga o'tgan edi. Parijliklar ushbu yozda hujumchi uchun 145 mln. evro to'lab, uning transfer huquqini sotib olishi kerak.

So'nggi mavsum 19 yoshli hujumchi Fransiya chempionatining 28ta uchrashuvida maydonga tushib, 13ta gol urib, 8ta golli pas berdi.

O'xshash yangiliklar


Aslanov JasurbekMuallif
Manba: Don Balon