“Potter va “Chelsi” jamiyati”. “Aristokratlar” yangi murabbiy uchun qancha tovon puli to'lashi ma'lum

Eldor Akmurzayev
9 sen 2022, 09:35
“Brayton” ustozi Grem Potter rasman “Chelsi” bosh murabbiyiga aylandi.

47 yoshli mutaxassis murabbiylar shtabi bilan London klubiga ko'chib o'tdi va u bilan 5 yillik shartnoma imzolandi.

Jurnalist Saymon Stounning xabar berishicha, Potter bilan bitim muddatidan oldin bekor qilingani uchun “Chelsi” “Brayton”ga 21 mln funt tovon puli to'lab berishi kerak.

Eslatib o'tamiz, Grem Potter “Brayton”dan tashqari, “Suonsi” hamda “Estersund” (Shvetsiya) klublarida ishlagan.

O'xshash yangiliklar


Eldor AkmurzayevMuallif
Manba: twitter.com/sistoney67