Pol Skoulz Rangnik haqida: "Sautgempton"da haqiqiy murabbiy bor, MYUda esa sport direktori"

Narzulla Saydullayev
12 fev 2022, 23:18
MYU sobiq futbolchisi jamoaning o'yinlaridan norozi.

"Manchester Yunayted" klubi sobiq yarim himoyachisi Pol Skoulz jamoaning "Sautgempton"ga (1:1) qarshi o'yini haqida gapirdi.

"Bu o'yinchilarning hech biri maydonda qora ish bilan shug'ullanishni istamayapti. O'yinni ko'ra turib, o'yinchilardan hech biri to'pni olib qo'yishni xohlamayotganini ko'rdim. Bu aqlsizlik.

Keyin raqib jamoaga qaradim va ko'rdimki, u yerda hammasi ajoyib ishlamoqda. "Sautgempton" o'yinchilari bir-birini tinmay qo'llab-quvvatlamoqda. 

"Sautgempton"da haqiqiy murabbiy bor, MYUda esa sport direktori. "Manchester Yunayted"da bunday bo'lishi kerak emas", -deydi Pol Skoulz. 

O'xshash yangiliklar


Narzulla SaydullayevMuallif
Manba: Manchester Evening News