Pogba ushbu yozda "Manchester Yunayted" bilan yangi shartnoma imzolamaydi

Alisher
18 avg 2021, 10:21
"Manchester Yunayted"ning fransiyalik yarim himoyachi Pol Pogba klubi bilan ushbu transfer oynasi vaqtida yangi shartnoma imzolamaydi.

Manchesterliklar Pogbaga 2025 yilga qadar yuqorilangan maosh bilan shartnomani uzaytirishga tayyorlar. Uning hozirgi maoshi oyiga taxminan 300 ming evroni tashkil etadi. Ammo, yarim himoyachining yangi taklifni ko'rib chiqish ehtimoli kam.

PSJ fransiyalik futbolchi uchun "qizil iblislar"dan oladigan maoshidan ikki baravari miqdoridagi shartnoma tayyorlamoqda. Pol Pogbaning Ole Gunnar Sulsher jamoasi bilan kelishuvi kelasi yozda yakuniga etadi.

O'xshash yangiliklar


AlisherMuallif
Manba: Daily Mail