Pogba "Old Trafford"ni qo'ltiqtayoqda tark etdi FOTO

Tolibjon Qosimov
13 sen 2017, 20:03
Kecha Yevropa Chempionlar ligasining guruh bellashuvlariga start berildi.

Angliyaning "Manchester Yunayted" klubi o'z maydonida Shveytsariyaning "Bazel" jamoasini qabul qildi va 3:0 hisobida mag'lub etdi. Afsuski, ana shu uchrashuvda MYUni sardor sifatida maydonga boshlab tushgan Pol Pogba jarohat olib 19 daqiqada Maruan Fellayniga almashtirildi.



Markaziy yarim himoyachining tizzaosti mushaklari shikastlandi. Pogba oxirgi 6 oy ichida ikkinchi bor mana shunday jarohat olmoqda. O'tgan mavsum Yevropa ligasi doirasida "Rostov"ga qarshi bahsda ham Pol huddi shunday jarohat olgan edi. O'shanda, Pogba kutilganidan ertaroq 3 haftada safga qaytgan edi. Hozir esa vaziyat qandayligi noma'lum.


O'xshash yangiliklar


Tolibjon QosimovMuallif
Manba: dailymail.co.uk