Pochettino o'yindan so'ng Gvardiolaga qo'l bermadi, u buning o'rniga hakam bilan bahslashishga ketdi. "Chelsi" murabbiyi o'yin juda erta yakunlandi deb hisobladi

Narzulla Saydullayev
13 noya 2023, 02:11
Maurisio Pochettino o'yindan keyin Pep Gvardiola bilan qo'l berishni inkor qildi.

Murabbiy APL doirasidagi "Chelsi" – "Manchester Siti" (4:4) o'yinidan so'ng hamkasbiga qo'l berish o'rniga Entoni Teylor boshchiligidagi hakamlarga noroziligini bildirish uchun maydonga yo'l oldi.

Pochettinoning fikricha hakam o'yinni juda erta yakunlagan. "Chelsi" murabbiyi hakamga baqirib qo'llarini ko'tardi.

Gvardiola esa hamkasbidan xafa bo'lmadi.

"Hammasi joyida. Bu his-tuyg'ular. Men pashshadan fil yasashni istamayman", – dedi "Manchester Siti" murabbiyi.

O'xshash yangiliklar


Narzulla SaydullayevMuallif
Manba: twitter.com/spbajko