Pioli: "Turindagi "Yuventus"ga qarshi bahsda "Inter" birinchi raqam bo'lib o'ynamoqchi"

Aslanov Jasurbek
29 yanv 2017, 14:16
"Inter" bosh murabbiyi Stefano Pioli A Seriyadagi ketma-ket 7 g'alabadan so'ng "Yuventus"ga qarshi bo'lib o'tadigan bahsda (5 fevral) hujumkor futbol namoyish etmoqchiligini aytdi.

"Jamoa yaxshi o'ynayapti, ammo bundanda kuchliroq o'yin ko'rsata olishimizga ishonaman. Menda yuqori saviyali futbolchilar bor, ammo hozircha eng kuchli o'yinimizni ko'rsatmadik. Ayni damda hech narsa qilganimiz yo'q, jamoa o'zi istagan joyda emas va o'zi xohlagan o'yinni ko'rsatmayapti.

Kelasi turda Turinda "Yuventus" mehmoni bo'lamiz. Bu juda muhim bahs. Biz "Inter" uslubida o'ynab, uchrashuvdagi birinchi raqamli jamoa bo'lmoqchimiz" - deydi Pioli.

O'xshash yangiliklar


Aslanov JasurbekMuallif
Manba: Mediaset.