"Al Nassr"ga yangi murabbiy tayinlanadi. Ronaldu Piolini siqib chiqardi

Alisher Ostonov
12 apr 2025, 11:58
"Milan"ning sobiq ustozi Stefano Pioli mavsum yakunida "Al Nassr"ni tark etishi ma'lum bo'ldi.

Italiyalik mutaxassis jamoaning yulduz futbolchisi Krishtianu Ronaldu bilan ziddiyatga borgan. Buning ustiga "Al Nassr" undan kutilgan natijani ko'rsatmayapti.

Takidlanishicha, Pioli A Seriyaga qaytadi va yozda "Roma"ni boshqaradi.

Norasmiy ma'lumotlarga ko'ra, Pioli "Al Nassr" bilan amaldagi shartnomasi bo'yicha yiliga 12 million evro maosh oladi. Uning shartnomasida kelishuv joriy yilning iyun oyida muddatidan oldin bekor qilinishi mumkinligi haqida band bor.

O'xshash yangiliklar


Alisher OstonovMuallif
Manba: La Repubblica