Pedri: "Barsa" - doim YCHL favoritlaridan biri bo'lib qolaveradi. Biz har mavsumni barcha musobaqalarda g'olib chiqish niyatida boshlaymiz"

Omonjon To`xtamirzayev
23 iyul 2022, 14:05
Pedrining fikriga ko'ra, "Barselona" yangi mavsumda YCHL g'olibligi uchun kurashadi.

"Barsa" har mavsumni o'zi ishtirok etayotgan barcha musobaqada zafar quchish niyatida yilni boshlaydi. Endilikda, tarkibimizdagi yangi o'yinchilar bilan, bu niyat yanada kuchaygan.

O'ylashimcha, biz har mavsumni UEFA Chempionlar Ligasi bosh sovrini haqidagi orzu bilan boshlaymiz. Transferlar bizga bunda yordam beradi. Biz ushbu sovrin uchun kurashga tayyormiz. "Barsa" - doim YCHL favoritlaridan biri bo'lib qolaveradi", – dedi "Barselona" yarim himoyachisi.

O'xshash yangiliklar


Omonjon To`xtamirzayevMuallif
Manba: sports.ru