"Paxtakor" klubi Kolosovskiyning iste'fosini va Haydarov yangi murabbiy bo'lganini tasdiqladi

Tolibjon Qosimov
6 apr 2017, 12:13
Biroz avval saytimiz orqali "Paxtakor" klubi Grigoriy Kolosovskiyni iste'foga chiqargani, keyinroq Ravshan Haydarov yangi bosh murabbiy bo'lgani haqida xabar bergan edik.

"Paxtakor" ushbu ma'lumotlarni tasdiqlovchi quyidagi xabarni klub rasmiy saytiga joylashtirdi.

Mavsum boshidagi qoniqarsiz natijalar sababli "Paxtakor"da bosh murabbiy o'zgardi.

Klub rahbariyati Grigoriy Kolosovskiyni "Mashal"ga boy berilgan uchrashuvdan keyin iste'foga chiqarish haqida qaror qabul qildi. Uning o'rniga "Paxtakor"ga begona bo'lmagan Ravshan Haydarov bosh murabbiy etib tayinlandi. Ravshan Akmalovich 2006-07 va 2010-11 yillarda ham jamoamizga ustozlik qilgan. Bosh murabbiy sifatida "Paxtakor" bilan ikki martadan O'zbekiston chempionati va Kubogida g'olib chiqqan.

Ravshan Haydarovga jamoa bosh murabbiyi lavozimida omad tilaymiz. Umid qilamizki, u bizni yana muvaffaqiyatlar sari boshlab boradi.

O'xshash yangiliklar


Tolibjon QosimovMuallif
Manba: pakhtakor.uz