"Paxtakor" "Bunyodkor" bilan o'yinga tayyorgarlikni qanday davom ettirmoqda? FOTOGALEREYA

Narzulla Saydullayev
8 mar 2018, 09:38
"Paxtakor" 10 mart kuni o'tadigan derbiga tayyorgarlik ko'rishda davom etmoqda.

"Jar" stadionida kecha bo'lib o'tgan mashg'ulot bir yarim soatcha davom etdi. Unda futbolchilar odatdagi tartibda jismoniy mashqlarni bajarib, so'ng bo'lajak uchrashuvda e'tibor qaratiladigan vaziyatlar bo'yicha ishlashdi.

Oyog'idan jarohat olgan Egor Krimec hozircha yaxshi holatini saqlash uchun mashqlar bajarmoqda. Ikki haftalarda uning yakka tartibda mashg'ulotlarga qaytishi kutilmoqda.


O'xshash yangiliklar


Narzulla SaydullayevMuallif
Manba: pakhtakor.uz