

"Jar" stadionida kecha bo'lib o'tgan mashg'ulot bir yarim soatcha davom etdi. Unda futbolchilar odatdagi tartibda jismoniy mashqlarni bajarib, so'ng bo'lajak uchrashuvda e'tibor qaratiladigan vaziyatlar bo'yicha ishlashdi.
Oyog'idan jarohat olgan Egor Krimec hozircha yaxshi holatini saqlash uchun mashqlar bajarmoqda. Ikki haftalarda uning yakka tartibda mashg'ulotlarga qaytishi kutilmoqda.













