"Paxtakor" birinchi liganing ikkita klubi bilan o'rtoqlik uchrashuvi o'tkazadi
Aziz Tukhtamuradov
12 iyul 2017, 13:03
Oliy liganing ikkinchi davrasiga tayyorgarlik ko'rayotgan "Paxtakor" shu hafta ichida ikkita o'rtoqlik uchrashuvi o'tkazadi.
Shota Arveladze boshqaruvidagi jamoa 13 iyul kuni "Lokomotiv-BFK" va 15 iyulda "NBU-Osiyo" klublariga qarshi nazorat bahsida maydonga tushadi. Shundan so'ng jamoa tayyorgarlikni davom ettirish maqsadida xorijga yo'l oladi.