O'zbekiston yoshlar terma jamoasi (U-19) 9 iyun kuni Armanistonga uchib ketadi

Narzulla Saydullayev
3 iyun 2014, 12:41
Sergey Lushan boshqaruvidagi O'zbekiston yoshlar terma jamoasi (U-19) xorijda yig'in o'tkazadi.
Yoshlar terma jamoamiz Erevanga 9 iyun kuni jo'nab ketadi. Bir haftalik yig'in jarayonida murabbiylar ikkita sinov-nazorat uchrashuvi orqali futbolchilarni ko'rikdan o'tkazadi. Sparring-raqib sifatida Armaniston olimpiya terma jamoasi va yoshlar terma jamoasi tanlangan. Dastlabki uchrashuv 12 iyun kuni bo'lib o'tadi. 14 iyun kuni esa ikkinchi bahs o'tkaziladi. 16 iyun kuni esa terma jamoamizning yig'iniga yakun yasaladi va yurtimizga qaytib kelinadi.   

Islombek Rustambekov.

Narzulla SaydullayevMuallif
Manba: championat.asia