O'zbekiston - Qirg'iziston. O'yinoldi mashg'ulotlar "Jar" va "Bunyodkor" akademiyasi stadionlarida bo'lib o'tadi

Narzulla Saydullayev
8 noya 2019, 11:54
Vadim Abramov boshchiligidagi milliy jamoamiz ertaga Qirg'iziston terma jamoasiga qarshi o'rtoqlik uchrashuvi o'tkazadi.

Mazkur uchrashuv oldidan bugun har ikki jamoa rasmiy mashg'ulot o'tkazadi.

O'zbekiston terma jamoasi soat 16:30da "Jar" stadionida mashg'ulot o'tkazadi. Mashg'ulotning dastlabki 15 daqiqasi OAV vakillari uchun ochiq tarzda o'tadi.

Qirg'iziston terma jamoasi esa soat 17:00da "Bunyodkor" akademiyasi maydonida shug'ullanadi. OAV vakillari mashg'ulotning dastlabki 15 daqiqasini kuzatib borish imkoniga ega bo'lishadi, - deb xabar bermoqda O'FA matbuot xizmati.


O'xshash yangiliklar


Narzulla SaydullayevMuallif
Manba: championat.asia