O'zbekiston olimpiya terma jamoasi Turkiyadagi musobaqada ishtirok etadi
Narzulla Saydullayev
11 iyul 2015, 10:30
2 va 8 sentyabr FIFA kunidan unumli foydalanish maqsadida O'zbekiston olimpiya terma jamoasi Turkiyada bo'lib o'tadigan musobaqada ishtirok etadi.
4ta terma jamoa ishtirokidagi turnir Istanbul shahrida bo'lib o'tadi.
Eslatib o'tamiz, O'zbekiston olimpiya terma jamoasi yanvar oyida Qatardagi Osiyo chempionatida ishtirok etadi. Yaqinda ushbu jamoaga Viktor Jalilov bosh murabbiy etib tayinlandi.