O'zbekiston olimpiya terma jamoasi Slovakiyadagi xalqaro turnirda ishtirok etadi

Narzulla Saydullayev
4 avg 2015, 18:34
2016 yilning yanvar oyida Qatarda bo'lib o'tadigan 23 yoshgacha bo'lgan futbolchilar o'rtasidagi Osiyo chempionatiga tayyorgarlik ko'rayotgan O'zbekiston olimpiya terma jamoasi o'rtoqlik turnirida ishtirok etadigan bo'ldi.

Viktor Jalilov boshchiligidagi jamoa 27 avgustda Slovakiyaga yo'l oladi. U yerda olimpiyachilar xalqaro o'rtoqlik turniri doirasida Slovakiya, Saudiya Arabistoni, Iordaniya hamda Birlashgan Arab Amirliklari olimpiya terma jamoalariga qarshi maydonga tushadi.

Takidlash kerakki, Osiyo Chempionati U-23 final bosqichi uchun qur'a tashlash marosimi sentyabr oyida bo'lib o'tadi.

O'xshash yangiliklar


Narzulla SaydullayevMuallif
Manba: the-uff.com