Iordaniyada bo'lib o'tgan dastlabki uchrashuvda mahalliy muxlislar o'zlarini naqadar "mehmondo'st" ekanliklarini maydonga otilgan buyumlar, jarima zarbasini tepilayotganlarida Murod Zuhurovga yo'naltirilgan lazer nurlari va ayniqsa O'zbekiston davlat madhiyasi yangrayotgan vaqtda hushtakbozliklari bilan ko'rsatib qo'yishdi!
Bu qilmishlari uchun FIFA dan o'z "sovg'alarini olishadi" albatta.
Aziz futbol muxlislari va futbol muxlislari klubi a'zolari barchangizni “Paxtakor” Markaziy stadioniga chorlab qolamiz!
Lekin biz o'zbekmiz va bizning tarbiya va madaniyatimiz dunyo xalqlarini lol qoldirgan!
Iordaniyaliklardan farqli ravishda bugungi o'yinda o'zbek muxlisi madaniyatini o'z jamoamizni qo'llab-quvvatlash bilan ko'rsatib qo'yaylik! Aslo ular qilgan ishni qaytarib ularga tenglashmaylik!
Iloji boricha stadionga terma jamoamiz kabi oq ust kiyimda tashrif buyuring stadionda esa sizlarni xuddi oldingi ikki o'yinimizdagi kabi syurprizlar kutib turibdi.
PFL klublari fan klubi a'zolarini esa ertaga soat 16:00da “Paxtakor” Markaziy stadionining kichik maydoni oldida kutib qolamiz.
Barcha fan klublar a'zolari uchun o'yinga kirish beyjik orqali! Ular 10,11,12,13 va 14-sektorlarga kirish huquqiga ega bo'ladilar. Muxlislar klubi tomonidan taqdim etilgan beyjiklar bo'yicha kirish “Paxtakor” stadionining anhor bo'yi tomonidan.
Beyjiklar bo'yicha stadionga kirish soat 18:00da to'xtatiladi.
O'zbekiston terma jamoasi muxlislar klubi