O'zbekiston futzal MTJ Xorvatiyada yig'in o'tkazadi va Fransiya, Chernogoriya hamda Kuvaytga qarshi o'ynaydi

Tolibjon Qosimov
14 yanv 2022, 12:05
Ayni paytda Toshkentdagi "Yunusobod" sport saroyida futzal bo'yicha Oliy liganing 5-tur bellashuvlari bo'lib o'tmoqda.

Tur yakunlangach, o'yinchilarga bir necha kunlik dam beriladi. Shundan so'ng 21 yanvar kuni O'zbekiston futzal terma jamoasi Toshkentda yig'iladi. Vakillarimiz Bahodir Ahmedov boshchiligida 25 yanvar sanasida yig'in o'tkazish uchun Xorvatiyaga uchib ketishadi. Xorvatiya 4 terma jamoa ishtirokida xalqaro o'rtoqlik turniri tashkillashtiriladi. Unda O'zbekistondan tashqari, Fransiya, Chernogoriya hamda Kuvayt terma jamoalari ham ishtirok etishadi.

Terma jamoa yig'iniga taklif etiladigan futzalchilar ro'yxati Oliy ligada 5-tur bellashuvlari yakunlangach e'lon qilinadi.


Eslatib o'tamiz, Osiyo kubogi-2022 saralashi Markaziy va Janubiy mintaqa bahslari 10-12 aprel kunlari Qirg'iz Respublikasining Bishkek shahrida bo'lib o'tadi. Unda vakillarimiz mintaqaning "B" guruhida Tojikiston, Afg'oniston hamda Nepalga qarshi kurash olib borishadi.

OFK futzal bo'yicha 2022 yilgi Osiyo Kubogining saralash uchrashuvlari taqvimini e'lon qildi

O'xshash yangiliklar


Tolibjon QosimovMuallif
Manba: Championat.asia