OFK futzal bo'yicha 2022 yilgi Osiyo Kubogining saralash uchrashuvlari taqvimini e'lon qildi

Alisher
8 yanv 2022, 17:03
Xabaringiz bor, O'zbekiston futzal milliy terma jamoasi Kuvaytda bo'lib o'tadigan Osiyo kubogining saralash bosqichida Markaziy va Janubiy birlashgan zonalari B guruhidan joy olgandi.

Qur'a natijalariga ko'ra, Bahodir Ahmedov shogirdlari guruh bosqichida Tojikiston, Afg'oniston va Nepal terma jamoalari bilan kurash olib boradi.

Uchrashuvlar 10-12 aprel kunlari Qirg'iz Respublikasining Bishkek shahrida bo'lib o'tadi. Vakillarimiz ushbu bosqichdagi ishtirokini 10 aprel kuni Nepal terma jamoasiga qarshi o'yin bilan boshlaydi.

10 aprel

O'zbekiston - Nepal

11 aprel

Afg'oniston - O'zbekiston

12 aprel

O'zbekiston - Tojikiston


→ Kuvaytda bo'lib o'tadigan futzal bo'yicha Osiyo kubogi saralash bosqichiga qur'a tashlandi

O'xshash yangiliklar


AlisherMuallif
Manba: ufa.uz