O'zbekiston Chempionati-2016 va Kubogi bahslari uchun akkreditatsiya jarayoni boshlandi

Narzulla Saydullayev
16 fev 2016, 17:54
O'zbekiston PFL matbuot xizmati 2016 yilgi O'zbekiston chempionati va Kubogi o'yinlari uchun ommaviy axborot vositalari vakillarini akkreditatsiyadan o'tkazish jarayonini boshlanganini e'lon qiladi.

2016 yilgi O'zbekiston Chempionati bahslari 4 mart kuni start oladi. Mavsum esa 17 fevral kuni O'zbekiston Superkubogi uchun bahs bilan ochib beriladi. 

O'zbekiston Chempionati va Kubogi bahslarini stadiondan turib yoritishni maqsad qilgan OAV xodimlari 2016 yilning 16-25 fevral sanalari oralig'ida akkreditatsiya zayavkasini O'zPFL matbuot xizmati elektron pochtasiga (media@the-uff.com) jo'natishlari kerak. Akkreditatsiya zayavkasi namunasi va talablari bilan O'zPFL rasmiy saytining Hujjatlar bo'limidagi Akkreditatsiyadan o'tkazish tartibi faylini ko'chirib olish orqali tanishish mumkin.

Ma'lumot o'rnida, 2013 yildan O'zPFL Matbuot xizmati tomonidan Akkreditatsiyadan o'tkazish tartibi ishlab chiqilgan bo'lib, unda jurnalistlarga akkreditatsiya berishda ular ishlaydigan OAVning muhimlik darajalari belgilab chiqilgan. Jumladan, O'zbekiston qonunchiligiga asosan ro'yxatdan o'tgan va kundalik tashrif buyuruvchilari soni 5000dan ortiq bo'lgan sportga ixtisoslashgan internet-nashrlarining muhimlik darajasi nisbatan yuqori hisoblanadi.

O'xshash yangiliklar


Narzulla SaydullayevMuallif
Manba: pfl.uz